🏙 Modera Towers 21-qavatdagi premium 2 xonali kvartira — Tashkent City manzarasi va tinch elit hududda
Toshkentning zamonaviy, tinch va elit hududlaridan birida joylashgan premium 2 xonali kvartira. Kvartira Modera Towers turar joy majmuasida, Shota Rustaveli ko‘chasi tomonda, Tashkent City, Oybek / Ming O‘rik metro bekatlari, restoranlar, kafelar, savdo nuqtalari va shaharning markaziy joylariga qulay masofada joylashgan.
Kvartira 21-qavatda joylashgan. Derazalardan Tashkent City tomonga chiroyli shahar manzarasi ochiladi. Yuqori qavat, zamonaviy bino, sokin muhit va qulay lokatsiya bu kvartirani oddiy kunlik kvartiralardan ancha ajratib turadi.
Kvartira 4 nafargacha mehmon uchun mo‘ljallangan.
🛏 Yotoq joylari:
🌟 Asosiy afzalliklar:
🏢 Turar joy hududi
Modera Towers — Toshkentdagi zamonaviy va premium turar joy majmualaridan biri. Hudud tinch, toza va yashash uchun qulay muhitga ega. Majmua atrofida shovqinli va tartibsiz muhit emas, aksincha mehmonlar uchun sokin, xavfsiz va madaniyatli atmosfera mavjud.
Bu joy ayniqsa tinchlik, tozalik, xavfsizlik va markazga yaqin lokatsiyani qadrlaydigan mehmonlar uchun juda mos keladi.
✨ Mehmonlar uchun bepul tayyorlab qo‘yiladi:
🛏 Oppoq, toza postel komplekti
🧺 Toza sochiqlar komplekti
🪥 Tish yuvish nabori
🧴 Shampun va dush geli
🩴 Bir martalik tapochkalar
💧 Bepul gazsiz suv
☕ Choy va kofe
📶 Wi-Fi
🍽 Idish-tovoqlar bilan jihozlangan oshxona
🧊 Xolodilnik
🫖 Choynak
👕 Kir yuvish mashinasi
🚿 Sanuzel
🏠 Qulay yashash uchun kerakli barcha sharoitlar
🧼 Tozalik va servis
Biz har bir mehmondan keyin kvartirani mehmonxona standartiga yaqin tarzda tayyorlaymiz: umumiy tozalash qilinadi, postel yangidan to‘shaladi, sochiqlar almashtiriladi, gigiyenik vositalar tayyorlanadi va kvartira keyingi mehmon uchun toza holatda topshiriladi.
Nonushta xizmati mavjud emas, lekin kvartirada choy, kofe va bepul gazsiz suv tayyorlab qo‘yiladi.
🥤 Mini-bar
Mehmonlar qulayligi uchun xolodilnikda salqin ichimliklar ham tayyorlab qo‘yilishi mumkin. Mini-bar alohida pullik bo‘lib, faqat foydalanilgan mahsulotlar uchun to‘lov qilinadi.
📍 Joylashuv
Kvartira Toshkentning qulay va tinch hududida, Shota Rustaveli ko‘chasi tomonda joylashgan. Yaqin atrofda Tashkent City, Oybek / Ming O‘rik metro bekatlari, restoranlar, kafelar, supermarketlar, savdo nuqtalari va biznes markazlariga qulay chiqish imkoniyati bor.
Bu lokatsiya turistlar, xizmat safariga kelgan mehmonlar va oilalar uchun juda qulay. Markazga yaqin bo‘lsa ham, hudud sokin va elit muhitga ega.
👨👩👧👦 Kimlar uchun mos:
🔑 Joylashish
Kelishdan oldin mehmon bilan oldindan bog‘lanamiz, barcha ma’lumotlarni tushuntiramiz va joylashishda yordam beramiz. Aniq manzil va joylashish bo‘yicha ma’lumotlar bron qilingandan keyin yuboriladi.
📄 Muhim
Joylashish vaqtida mehmonlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari kerak.
Agar mehmonlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lsa va juftlik sifatida joylashayotgan bo‘lsa, nikoh guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Ushbu qoidaga tushunish bilan qarashingizni so‘raymiz.
📌 Kvartira kunlik ijaraga beriladi.
Agar sizga Toshkentda Modera Towers premium majmuasida, 21-qavatda joylashgan, Tashkent City manzarali, toza, sokin va mehmonxona servisiga yaqin 2 xonali kvartira kerak bo‘lsa, bu variant juda yaxshi tanlov bo‘ladi.
Bino xaritada koʻrsatilgan. Kvartira raqami (qavat / kirish) bron qilingach yuboriladi.
Hali sharh yoʻq — birinchi boʻling.
Bizga yozing — oʻzbek, rus yoki ingliz tilida tez javob beramiz.