KatalogMaskan
Yunusobod · Toshkent

Yunusobod metro yaqinidagi shinam kvartira

5.00 (0)· 4 kishigacha· 2 yotoqxona· 1 hammom· 36
M
Maskan
~10 daqiqada javob beradi

🏡 Yunusobod metro yaqinidagi shinam kvartira — ixcham, qulay va mehmonxona servisiga yaqin

Toshkentning qulay hududlaridan biri — Yunusobod metro atrofida joylashgan toza, shinam va uyutniy kvartira. Yangi domda joylashgan bu kvartira kichik oila, 1–2 kishi, juftlik, turistlar yoki xizmat safariga kelgan mehmonlar uchun juda mos variant.

Kvartirada alohida yotoqxona va oshxona bilan birlashgan zal mavjud. Kvartira 4 nafargacha mehmon uchun mo‘ljallangan.

🛏 Yotoq joylari:

  • Spalniy xonada 2 kishilik katta krovat
  • Zalda 1 ta ochiladigan divan
  • Kichik oila yoki 1–2 kishi uchun juda qulay format

✨ Mehmonlar uchun tayyorlab qo‘yiladi:

🛏 Oppoq, toza postel komplekti
🧺 Toza sochiqlar komplekti
🪥 Tish yuvish nabori
🧴 Shampun va dush geli
🩴 Bir martalik tapochkalar
💧 Bepul gazsiz suv
☕ Choy va kofe
📶 Wi-Fi
🍽 Idish-tovoqlar bilan jihozlangan oshxona
🧊 Xolodilnik
🫖 Choynak
👕 Kir yuvish mashinasi
🚿 Sanuzel
🏠 Qulay yashash uchun kerakli barcha sharoitlar

Biz har bir mehmondan oldin kvartirani toza, tartibli va tayyor holatga keltiramiz. Postel, sochiqlar va gigiyenik vositalar mehmonxona standartiga yaqin tarzda tayyorlanadi.

🥤 Mini-bar

Mehmonlar qulayligi uchun xolodilnikda salqin ichimliklar ham tayyorlab qo‘yiladi. Mini-bar alohida pullik bo‘lib, faqat foydalanilgan mahsulotlar uchun to‘lov qilinadi.

📍 Joylashuv

Kvartira Yunusobod metro atrofida, yangi domda joylashgan. Yaqin atrofda do‘konlar, dorixonalar, kafe, transport bekatlari va kundalik yashash uchun kerakli joylar bor. Metroga yaqinligi sababli shaharning turli hududlariga tez va qulay borish mumkin.

👨‍👩‍👧‍👦 Kimlar uchun mos:

  • kichik oilalar
  • 1 yoki 2 kishi
  • juftliklar
  • turistlar
  • Toshkentga bir necha kunga kelgan mehmonlar
  • xizmat safaridagilar
  • 4 kishigacha bo‘lgan mehmonlar

🔑 Joylashish

Kelishdan oldin mehmon bilan oldindan bog‘lanamiz, barcha ma’lumotlarni tushuntiramiz va joylashishda yordam beramiz. Aniq manzil va joylashish bo‘yicha ma’lumotlar bron qilingandan keyin yuboriladi.

📄 Muhim

Joylashish vaqtida mehmonlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari kerak.

Agar mehmonlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lsa va juftlik sifatida joylashayotgan bo‘lsa, nikoh guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Ushbu qoidaga tushunish bilan qarashingizni so‘raymiz.

📌 Kvartira kunlik ijaraga beriladi.

Agar sizga Yunusobod metro yaqinida toza, shinam, ixcham va yangi domdagi qulay kvartira kerak bo‘lsa, bu variant Toshkentda yashash uchun juda yaxshi tanlov bo‘ladi.

Qulayliklar

Wi-FiKonditsionerOshxonaKir mashinasiBepul avtoturargohMustaqil joylashishBalkonIsh joyiIsitishLiftSmart TVIssiq suv 24/7

Qoidalar

Kelish · 14:00
Ketish · 12:00

Qayerda boʻlasiz

Bino xaritada koʻrsatilgan. Kvartira raqami (qavat / kirish) bron qilingach yuboriladi.

Sharhlar

Hali sharh yoʻq — birinchi boʻling.

Savolingiz bormi?

Bizga yozing — oʻzbek, rus yoki ingliz tilida tez javob beramiz.