KatalogMaskan
Yunusobod · Toshkent

MegaPlanet yonidagi 2 xonali oilaviy kvartira

5.00 (0)· 6 kishigacha· 1 yotoqxona· 1 mehmonxona· 1 hammom· 60
M
Maskan
~10 daqiqada javob beradi

🏡 MegaPlanet yonidagi 2 xonali oilaviy kvartira — Yunusobod metro yaqinida, 6 kishigacha qulay joylashuv

Toshkentning qulay va talab yuqori bo‘lgan hududlaridan biri — Yunusobod metro atrofida, MegaPlanet savdo markazi yonida joylashgan toza, shinam va qulay 2 xonali kvartira.

Kvartira 6 nafargacha mehmon uchun mo‘ljallangan. Katta oila, bolali mehmonlar, turistlar, shahar mehmonlari va xizmat safariga kelganlar uchun juda mos variant.

Kvartira joylashuvi juda qulay: MegaPlanet savdo markazi, metro, do‘konlar, dorixonalar, kafelar va transport bekatlari yaqin atrofda. Shaharning turli hududlariga taksi yoki jamoat transporti orqali tez va qulay borish mumkin.

✨ Mehmonlar uchun tayyorlab qo‘yiladi:

🛏 Oppoq, toza postel komplekti
🧺 Toza sochiqlar komplekti
🪥 Tish yuvish nabori
🧴 Shampun va dush geli
🩴 Bir martalik tapochkalar
💧 Bepul gazsiz suv
☕ Choy va kofe
📶 Wi-Fi
🍽 Idish-tovoqlar bilan jihozlangan oshxona
🧊 Xolodilnik
🫖 Choynak
👕 Kir yuvish mashinasi
🚿 Sanuzel
🏠 Qulay yashash uchun kerakli barcha sharoitlar

Biz har bir mehmondan oldin kvartirani toza, tartibli va tayyor holatga keltiramiz. Postel, sochiqlar va gigiyenik vositalar mehmonxona standartiga yaqin tarzda tayyorlanadi.

🥤 Mini-bar

Mehmonlar qulayligi uchun xolodilnikda salqin ichimliklar ham tayyorlab qo‘yiladi. Mini-bar alohida pullik bo‘lib, faqat foydalanilgan mahsulotlar uchun to‘lov qilinadi.

📍 Joylashuv

Kvartira Yunusobod metro atrofida, MegaPlanet savdo markazi yonida joylashgan. Bu hudud kundalik yashash, xarid qilish, ovqatlanish va shahar bo‘ylab harakatlanish uchun juda qulay.

👨‍👩‍👧‍👦 Kimlar uchun mos:

  • katta oilalar
  • bolali oilalar
  • turistlar
  • Toshkentga bir necha kunga kelgan mehmonlar
  • xizmat safaridagilar
  • 6 kishigacha bo‘lgan mehmonlar

🔑 Joylashish

Kelishdan oldin mehmon bilan oldindan bog‘lanamiz, barcha ma’lumotlarni tushuntiramiz va joylashishda yordam beramiz. Aniq manzil va joylashish bo‘yicha ma’lumotlar bron qilingandan keyin yuboriladi.

📄 Muhim

Joylashish vaqtida mehmonlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari kerak.

Agar mehmonlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lsa va juftlik sifatida joylashayotgan bo‘lsa, nikoh guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Ushbu qoidaga tushunish bilan qarashingizni so‘raymiz.

📌 Kvartira kunlik ijaraga beriladi.

Agar sizga Yunusobod metro va MegaPlanet yaqinida toza, shinam, qulay va mehmonxona servisiga yaqin oilaviy kvartira kerak bo‘lsa, bu variant Toshkentda yashash uchun juda yaxshi tanlov bo‘ladi.

Qulayliklar

Wi-FiKonditsionerOshxonaKir mashinasiBepul avtoturargohSmart TVIsitishIsh joyiMustaqil joylashishIssiq suv 24/7

Qoidalar

Kelish · 14:00
Ketish · 12:00

Qayerda boʻlasiz

Bino xaritada koʻrsatilgan. Kvartira raqami (qavat / kirish) bron qilingach yuboriladi.

Sharhlar

Hali sharh yoʻq — birinchi boʻling.

Savolingiz bormi?

Bizga yozing — oʻzbek, rus yoki ingliz tilida tez javob beramiz.