🏙 NRG U-Tower 24-qavatdagi premium kvartira — Toshkent markazida, panoramali manzara va mehmonxona darajasidagi servis
Toshkentning eng markaziy va chiroyli hududlaridan birida joylashgan zamonaviy premium kvartira. Kvartira Xalqlar Do‘stligi metro atrofida, Tashkent City, Magic City, Xalqlar Do‘stligi saroyi, restoranlar, kafelar va shaharning mashhur joylariga juda qulay masofada joylashgan.
Kvartira yuqori qavatda joylashgani sababli shaharga ochiq va chiroyli manzara ko‘rinadi. Yerga tushgan katta panoramali oynalar, alohida balkon, zamonaviy interyer va premium texnikalar bu kvartirani oddiy kunlik kvartiralardan ajratib turadi.
Kvartira 4 nafargacha mehmon uchun mo‘ljallangan.
🛏 Yotoq joylari:
🌟 Asosiy afzalliklar:
🏢 Turar joy hududi
Majmuaning 3-qavatida mehmonlar uchun juda chiroyli yashil zona tashkil qilingan. Bu yerda gullar ekilgan, dam olish uchun yoqimli muhit yaratilgan, bolalar maydonchasi va aylanib yurish uchun kardio yo‘laklari mavjud.
Shuningdek, 27-qavatda Toshkent shahriga qaragan katta tomosha maydoni bor. Bu yerda shahar manzarasidan bahramand bo‘lish, suratga tushish yoki kechki payt chiroyli ko‘rinishni tomosha qilish mumkin.
✨ Mehmonlar uchun bepul tayyorlab qo‘yiladi:
🛏 Oppoq, toza postel komplekti
🧺 Toza sochiqlar komplekti
🪥 Tish yuvish nabori
🧴 Shampun va dush geli
🩴 Bir martalik tapochkalar
💧 Bepul gazsiz suv
☕ Choy va kofe
📶 Wi-Fi
🍽 Idish-tovoqlar bilan jihozlangan oshxona
🧊 Xolodilnik
🫖 Choynak
👕 Kir yuvish mashinasi
🚿 Sanuzel
🏠 Qulay yashash uchun kerakli barcha sharoitlar
🧼 Tozalik va servis
Biz har bir mehmondan keyin kvartirani mehmonxona standartiga yaqin tarzda tayyorlaymiz: umumiy tozalash qilinadi, postel yangidan to‘shaladi, sochiqlar almashtiriladi, gigiyenik vositalar tayyorlanadi va kvartira keyingi mehmon uchun toza holatda topshiriladi.
Nonushta xizmati mavjud emas, lekin kvartirada choy, kofe va bepul gazsiz suv tayyorlab qo‘yiladi.
🥤 Mini-bar
Mehmonlar qulayligi uchun xolodilnikda salqin ichimliklar ham tayyorlab qo‘yiladi. Mini-bar alohida pullik bo‘lib, faqat foydalanilgan mahsulotlar uchun to‘lov qilinadi.
📍 Joylashuv
Kvartira Toshkent markazida, Xalqlar Do‘stligi metro atrofida joylashgan. Yaqin atrofda Tashkent City, Magic City, restoranlar, kafelar, savdo nuqtalari, parklar va shaharning mashhur joylari bor. Ko‘p joylarga piyoda borish juda qulay.
👨👩👧👦 Kimlar uchun mos:
🔑 Joylashish
Kelishdan oldin mehmon bilan oldindan bog‘lanamiz, barcha ma’lumotlarni tushuntiramiz va joylashishda yordam beramiz. Aniq manzil va joylashish bo‘yicha ma’lumotlar bron qilingandan keyin yuboriladi.
📄 Muhim
Joylashish vaqtida mehmonlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari kerak.
Agar mehmonlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lsa va juftlik sifatida joylashayotgan bo‘lsa, nikoh guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Ushbu qoidaga tushunish bilan qarashingizni so‘raymiz.
📌 Kvartira kunlik ijaraga beriladi.
Agar sizga Toshkent markazida, premium majmuada, yuqori qavatda joylashgan, panoramali manzarali, toza va mehmonxona servisiga yaqin kvartira kerak bo‘lsa, bu variant juda yaxshi tanlov bo‘ladi.
Bino xaritada koʻrsatilgan. Kvartira raqami (qavat / kirish) bron qilingach yuboriladi.
Hali sharh yoʻq — birinchi boʻling.
Bizga yozing — oʻzbek, rus yoki ingliz tilida tez javob beramiz.