KatalogMaskan
Shayxontohur · Toshkent

NRG U-Tower 14-qavatdagi premium 2 xonali kvartira

5.00 (0)· 4 kishigacha· 1 yotoqxona· 1 mehmonxona· 1 hammom· 48
M
Maskan
~10 daqiqada javob beradi

🏙 NRG U-Tower 14-qavatdagi premium 2 xonali kvartira — Toshkent markazida, balkon va panoramali oynalar bilan

Toshkentning eng markaziy va qulay hududlaridan birida joylashgan zamonaviy premium kvartira. Kvartira Xalqlar Do‘stligi metro atrofida, Tashkent City, Magic City, Xalqlar Do‘stligi saroyi, restoranlar, kafelar va shaharning mashhur joylariga yaqin masofada joylashgan.

Kvartira 14-qavatda joylashgan. Katta panoramali oynalar, alohida balkon, zamonaviy interyer, premium texnikalar va markazdagi qulay lokatsiya bu variantni oddiy kunlik kvartiralardan ancha ajratib turadi.

Kvartira 4 nafargacha mehmon uchun mo‘ljallangan.

🛏 Yotoq joylari:

  • Alohida yotoqxonada 2 kishilik katta krovat
  • Zalda ochiladigan divan
  • Divan ochilganda 2 kishilik yotoq joyga aylanadi
  • Kichik oila, juftlik, turistlar yoki xizmat safariga kelgan mehmonlar uchun qulay variant

🌟 Asosiy afzalliklar:

  • NRG U-Tower premium majmuasi
  • Toshkent markazida joylashgan
  • Xalqlar Do‘stligi metro atrofida
  • Tashkent City, Magic City va markaziy joylarga yaqin
  • 14-qavatda joylashgan
  • Yerga tushgan katta panoramali oynalar
  • Alohida balkon
  • Premium texnikalar bilan jihozlangan
  • 24/7 qo‘riqlanadigan zamonaviy turar joy
  • Mehmonxona darajasidagi tozalik va tayyorgarlik

🏢 Turar joy hududi

Majmuaning 3-qavatida mehmonlar uchun chiroyli yashil zona mavjud. Bu yerda gullar ekilgan, dam olish va sayr qilish uchun yoqimli muhit yaratilgan, bolalar maydonchasi va aylanib yurish uchun kardio yo‘laklari bor.

Shuningdek, 27-qavatda Toshkent shahriga qaragan katta tomosha maydoni mavjud. U yerdan shahar manzarasini tomosha qilish, suratga tushish yoki kechki payt chiroyli muhitdan bahramand bo‘lish mumkin.

✨ Mehmonlar uchun bepul tayyorlab qo‘yiladi:

🛏 Oppoq, toza postel komplekti
🧺 Toza sochiqlar komplekti
🪥 Tish yuvish nabori
🧴 Shampun va dush geli
🩴 Bir martalik tapochkalar
💧 Bepul gazsiz suv
☕ Choy va kofe
📶 Wi-Fi
🍽 Idish-tovoqlar bilan jihozlangan oshxona
🧊 Xolodilnik
🫖 Choynak
👕 Kir yuvish mashinasi
🚿 Sanuzel
🏠 Qulay yashash uchun kerakli barcha sharoitlar

🧼 Tozalik va servis

Biz har bir mehmondan keyin kvartirani mehmonxona standartiga yaqin tarzda tayyorlaymiz: umumiy tozalash qilinadi, postel yangidan to‘shaladi, sochiqlar almashtiriladi, gigiyenik vositalar tayyorlanadi va kvartira keyingi mehmon uchun toza holatda topshiriladi.

Nonushta xizmati mavjud emas, lekin kvartirada choy, kofe va bepul gazsiz suv tayyorlab qo‘yiladi.

🥤 Mini-bar

Mehmonlar qulayligi uchun xolodilnikda salqin ichimliklar ham tayyorlab qo‘yiladi. Mini-bar alohida pullik bo‘lib, faqat foydalanilgan mahsulotlar uchun to‘lov qilinadi.

📍 Joylashuv

Kvartira Toshkent markazida, Xalqlar Do‘stligi metro atrofida joylashgan. Yaqin atrofda Tashkent City, Magic City, restoranlar, kafelar, savdo nuqtalari, parklar va shaharning mashhur joylari bor. Ko‘p joylarga piyoda borish juda qulay.

👨‍👩‍👧‍👦 Kimlar uchun mos:

  • juftliklar
  • turistlar
  • xizmat safariga kelgan mehmonlar
  • kichik oilalar
  • 4 kishigacha bo‘lgan mehmonlar
  • Toshkent markazida qulay yashashni xohlaydiganlar
  • premium joylashuv, balkon va tozalikni qadrlaydiganlar

🔑 Joylashish

Kelishdan oldin mehmon bilan oldindan bog‘lanamiz, barcha ma’lumotlarni tushuntiramiz va joylashishda yordam beramiz. Aniq manzil va joylashish bo‘yicha ma’lumotlar bron qilingandan keyin yuboriladi.

📄 Muhim

Joylashish vaqtida mehmonlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari kerak.

Agar mehmonlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lsa va juftlik sifatida joylashayotgan bo‘lsa, nikoh guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Ushbu qoidaga tushunish bilan qarashingizni so‘raymiz.

📌 Kvartira kunlik ijaraga beriladi.

Agar sizga Toshkent markazida, NRG U-Tower premium majmuasida, 14-qavatda joylashgan, balkonli, panoramali oynali, toza va mehmonxona servisiga yaqin kvartira kerak bo‘lsa, bu variant juda yaxshi tanlov bo‘ladi.

Qulayliklar

Wi-FiKonditsionerOshxonaKir mashinasiBepul avtoturargohMustaqil joylashishBalkonIsh joyiIsitishLiftSmart TVIssiq suv 24/7

Qoidalar

Kelish · 14:00
Ketish · 12:00

Qayerda boʻlasiz

Bino xaritada koʻrsatilgan. Kvartira raqami (qavat / kirish) bron qilingach yuboriladi.

Sharhlar

Hali sharh yoʻq — birinchi boʻling.

Savolingiz bormi?

Bizga yozing — oʻzbek, rus yoki ingliz tilida tez javob beramiz.